Topag‘on nima?
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 30-avgust
Topag‘on — O‘zbekiston maktab o‘quvchilari va abituriyentlar uchun onlayn bilim sinash va mashq qilish platformasi. O‘quvchi fan va sinfni tanlaydi, savollarga javob beradi, xatosini darhol ko‘radi va o‘z natijasini kuzatib boradi. Rasmiy sayt — topagon.uz.
Kimlar uchun
5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtiga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun. Testlar sinf va mavzu bo‘yicha ajratilgan, ya’ni 7-sinf o‘quvchisi faqat o‘z dasturidagi savollarni oladi. Abituriyentlar uchun sinfga bog‘lanmagan SAT matematika banki alohida turadi. Ota-onalar farzandining natijasini alohida ekrandan kuzata oladi.
Nima qilish mumkin
- Mashq. Fan va mavzu tanlanadi, savollar ketma-ket beriladi.
- Bellashuv. Do‘stga havola yuboriladi va ikki o‘quvchi bir xil savollar ustida bellashadi.
- Reyting. Haftalik XP bo‘yicha o‘rin — umumiy va viloyat kesimida.
- Tahlil. Qaysi mavzu kuchli, qaysi biri bo‘sh — javoblardan hisoblanadi.
Fanlar va savollar soni
Quyidagi raqamlar — ilovada hozir ochiq savollar (2026-yil 30-avgust holatiga). Bankda jami 54 564 savol bor; qolgani ko‘rib chiqilmoqda.
| Fan | Sinf | Savollar |
|---|---|---|
| Matematika | 5–11 | 9 964 |
| Geografiya | 5–10 | 7 169 |
| Fizika | 6–11 | 6 969 |
| Kimyo | 7–11 | 5 644 |
| O‘zbekiston tarixi | 6–11 | 4 127 |
| Biologiya | 5–11 | 3 239 |
| SAT matematika | sinfdan tashqari | 3 230 |
| Informatika | 5–11 | 3 088 |
| Jahon tarixi | 7–11 | 1 817 |
| Geometriya | 7–11 | 1 364 |
| Ona tili | barcha sinflar | 824 |
| Huquq | 8–10 | 758 |
| Jami | 48 193 |
Tillar
Interfeys o‘zbek (lotin) va rus tillarida. Savollarning katta qismi o‘zbek tilida; ruscha tarjimalar bosqichma-bosqich qo‘shilmoqda va ilova qaysi fanda ruscha savol yetishmayotganini o‘zi aytadi. SAT matematika savollari ingliz tilida — bu imtihonning o‘z tili.
Narxi
Foydalanish bepul. Ilova brauzerda ochiladi, ro‘yxatdan o‘tmasdan ham sinab ko‘rish mumkin.
Qayerda ishlaydi
- Brauzerda: topagon.uz/app
- Android ilovasi
- Telegram: @topagonuzbot
iOS versiyasi hozircha yo‘q.
Savollar qayerdan olingan
Savollar O‘zbekiston maktab dasturi bo‘yicha yig‘ilgan, sinf va mavzu bo‘yicha teglangan. Javob to‘g‘riligi server tomonida tekshiriladi — javob kaliti qurilmaga oldindan yuborilmaydi.
Aloqa
Elektron pochta: vitamin.z.community@gmail.com
Telegram: @topagonuzbot
Rasmiy sayt: https://topagon.uz